1-mashq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan fe'llarning shakliga e'tibor bering va qaysi nisbatda qoʻllanganini ayting. Hosil bayramida O'quvchilar yakshanba kuni ,,Hosil bayrami" ko'rgazmasiga borishdi. Hosil bayramida chet ellik tadbirkor mehmonlar ham ishtirok etishdi. Ular rastalarga terib qo'yilgan turli meva va sabzavotlarni ko'rib hayratlanishdi. Darhaqiqat, dehqonlarimiz tomonidan yetish- tirilgan oltindek uzumlar, shaftoli, olma, anorlar-u noyob noklarni koʻ- rib ko'zingiz qamashadi. Bir chekkaga uyib qoʻyilgan qovun- tarvuzlardan taralayotgan hid dimog'ga yoqimli uriladi. Barcha mehmonlar ularga tasannolar aytishib, zavq bilan mevalardan tatib ko'rishdi. Biz Vatanimizda shunday ne'matlar borligidan faxrlandik.