1. Piyoda yurish tanani chiniqtirishning hamma uchun qulay,
oson vositasidir. Piyoda yurish yurak, oʻpka qon tomirlari
faoliyatini yaxshilab, modda almashinuvining bir maromda
ishlashini ta'minlaydi. Olimlarning fikricha, yayov yurgan kishi-
ning aqliy faoliyati ham oshadi, chunki yurish jarayonida mi-
yaning qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Sevimli yozuvchimiz
Abdulla Qodiriy oʻz asarlari ustida ishlayotganida Toshkentning
odam kam yuradigan sokin bogʻ koʻchalarida kezib yurar ekan.
Yozuvchi ana shu „ijodiy kezish“ paytlarida ko'nglidagilarni ob-
dan pishitib, so'ng qog'ozga tushirar ekan.
2. Keyingi paytlarda olimlar ish stolida uzoq o'tirib ishla-
maslikni taklif etishmoqda. Ular oʻtirib ishlagandan koʻra, turib
ishlagan ma'qul, deyishyapti. Stulda esa qisqa muddat o'tirib dam
olishni tavsiya etishmoqda. Bu taklif tarixda yangilik emas. Eyn-
shteyn, Mendeleyev, Xeminguey kabi yirik olimlar hamisha tik
turib ishlaganlar.
3. Velosiped minish – kishi salomatligini mustahkamlovchi
eng yaxshi vositalardan. Sportning bu turiga butun vujudi bilan
berilganlardan biri – yirik o‘zbek geolog olimi G'ani Mavlo-
novdir. Gʻani Orifjonovich akademik boʻlganida ham velosiped
minib yurganini ko'rganmiz.
Siz inson salomatligi uchun foydali bo'lgan yana qaysi sport turlarini
bilasiz?
вопросы с ответами на узб
по текстам плиз срочно​
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.