1. Shaxsi ma’lum gapni aniqlang.
A) Bu yurt barchamiznkidir. D) Yurtimiz tinchligi va obodligiga munosib hissa qo’shamiz.
B) O’zbekiston tuprog’ida qadimdan turli millat vakillari yashaganlar.
C) Ular hovli atrofini tozalashdi.
2. Shaxsi noma’lum gap qaysi qatordagi gapda qo’llangan?
A) Jo’jani kuzda sanaydilar. C) Berilgan vazifani o’z vaqtida bajaraman.
B) Ona shahrimiz bilan faxrlanamiz. D) Millatlar, xalqlar do’stligi yengilmas kuchdir
3. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Biz dam olish kuni teatrga boramiz. C) Ilm olish aslo ayb emas.
B) Bugun to’garakka borishimiz lozim. D) Yetti o’lchab, bir kes.
4. “Ilmsiz inson-mevasiz daraxt” Parcha qaysi matndan olingan?
A) “Ilm va uning xosiyatlari” C) “Inson qadri bilimda”
B) “Ilm-taraqqiyot negizi” D) “Kuch bilimda”
5. Berilgan jumla qaysi matndan olingan? … Har bir kasb egasi bo’lish uchun qanchadan qancha mehnat, izlanish, sabr-toqat va mahorat talab etiladi.

A) “Hamshira bo’lsam deyman” C) “Kasbning yaxshi-yomoni yo’q”
B) “Men yoqtirgan kasb” D) “Kasbim-faxrim”
6. So’z-gaplarga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) Egasi topib bo’lmaydigan gap D) Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli gaplar
B) Bir so’zdan iborat bo’lib, boshqa so’zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga ega bo’lmagan gaplar
C) Kesimga bog’lanib keladigan so’zlar
7. Gapning bosh bo’laklari qaysilar?

A) Ega, kesim B) To’ldiruvchi C) Aniqlovchi D) Hol, to’ldiruvchi
8. Ega gapda qaysi so’z turkumi bilan bog’lanadi?

A) To’ldiruvchi bilan B) Hol bilan C) Kesim bilan D) Aniqlovchi bilan

9. Inkor so’z gaplar qaysi qatorda berilgan?
A) Oh, uh, voy, ey C) Ha, mayli, xo’sh, xo’p
B) Ma, mang, qani, marhamat D) Yo’q, mutloqo, aslo, sira
10. “Birovga yaxshilik qilsang, yaxshlik qaytadi” Parcha qaysi matndan olingan
A) “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” C) “Yaxshlik yerda qolmas”
B) “Yaxshlik unutilmaydi” D) “Yaxshidan bog’ qoladi”
11. Shaxsi umumlashgan gapni toping.
A. Kattaga hurmatda bo’l,kichikka izzatda B.Do’stlikni qadriga yet
C.Go’zal- a’lochi qiz D.Biz ertak eshitdik
12 . Shaxsi umumlashgan gaplar ko’pincha qayerda uchraydi?
A. Ertak B. Maqol, hikmat C. Matn D. Suhbat
13. Maqolni to’ldiring. Tilga e’tibor-
A. Dil tarjimoni B. Dilni bilish S. Elga e’tibor D. Dilga e’tibor
14. So’roqni ifodalaydigan so’zni aniqlang.
A. Shunday B. Durust S.Rostdanmi D. Marhamat
15. Qaysi qatorda gapda bir xil so’roqqa javob berib, o’zaro teng bog ’lovchilar, yuklamalar va ohang yordamida bo’g’lanadigan so’zlarning qanday nomlanishi berilgan?
A) So’z turkumlari B) Qo’shma fellar C) Uyushiq bo’laklar D) Gap bo’lagi
16.”Ona tilim o`lmaydi”she’rining muallifi kim? ____________________________________
17.Minorai Kalon qaysi shaharda joylashgan?_______________________________________
18. Berilgan gapdagi kesimning qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini aniqlang.
Uning aytmoqchi bo ‘Igan gapi-mana shu._________________________________________
19.Ega qanday so`zlar bilan ifodalanadi?_________________________________________
20. Nuqtalar o‘rniga bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlarni qo‘yib yozing.
Chegarachilar bizning ..., ... va ...sergaklik bilan qo‘riqlaydilar.
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.