1- topshiriq. O'qing. Tinglang. So'zlang. Tarjima qiling.
BOQI-TOQI
(Hikoya)
Shunday qilib, „B" sinfda bir-biriga nom qo'yish bosh-
lanib ketdi. Nosir qo'ng'iroq chalinishiga besh daqiqa
qolganda siniga hovliqib kirdi-yu, paltosini yechdi. Uni qoqib
yuborgandi, erib ketgan qor tomchilari eshikdan chopib
kirgan Qunduzning yuz-ko'ziga sachrab ketdi. Qunduz .vuy"
dedi-yu, qo'llari bilan yuzini berkitgancha joyiga borib o'tir-
di. Buni ko'rgan qizlar birdan chuvullab ketishdi.
Paltongni koridorda qoqsang bo'lmaydimi?
- Hovliga olib chiqib qoq!
Hu, seni, Nosir-sir!
Voqeani kuzatib turgan Boqiga hammasidan ham , Nosir-
sir" degan so'z yoqib ketdi. U:
- Kim aytdi? Kim aytdi? - deb shunaqangi miriqib
kuldiki...
Boqi Nosir bilan bir ko'chada tursayam, chiqisha olmasdi.
Ko'pincha futbol o'ynashganda Boqi darvozabon, Nosir esa
hujumchi bo'lardi. Nosir mo'ljallab tepgan koptok adashmay,
to'g'ri Bogi himoya qilib turgan darvozaga kirardi-qo'yardi.
Boqiga bu rosa alam qilardi. Qanday bo'lsa-da, u bilan
hisobni baravarlashtirish uchun payt poylardi. O'sha payt
kelganga o'xshadi.
Answers & Comments
Ответ:
Buni qandey tarjima qiladi.Biron bir tilgami
Объяснение: