Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. *** Badqavm bo‘lsang bo‘l, Beqavm bo‘lma. *** Baliq suv bilan tirik, Odam – el bilan. *** Begona tuproq – devona tuproq. *** Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar. *** Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. *** Bulbulga bog’ yaxshi, Kaklikka tog’. *** Vatangado bo‘lguncha, Kafangado bo‘l. *** Vatani borning baxti bor, Mehnati borning taxti. *** Vataning tinch – sen tinch. *** Vatansiz inson – kuysiz bulbul. *** Yigit g‘ami elida, Elning g‘ami dilida. *** Ona yurting – oltin beshiging. *** Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying somon bo‘lmas. *** Fil tushida Hindistonni ko‘rar. *** O‘z uyim – o‘lan to‘shagim. *** O‘z yurtingni qadri O‘zga yurtda bilinar. *** O‘z yurting – o‘lan to‘shaging, O‘zga yurt bo‘lmas beshiging. *** Har gulning o‘z isi bor, Har elning o‘z tusi bor. *** Har shaharning havosi boshqa.
Answers & Comments
Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.
***
Badqavm bo‘lsang bo‘l,
Beqavm bo‘lma.
***
Baliq suv bilan tirik,
Odam – el bilan.
***
Begona tuproq – devona tuproq.
***
Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
***
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.
***
Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka tog’.
***
Vatangado bo‘lguncha,
Kafangado bo‘l.
***
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning taxti.
***
Vataning tinch – sen tinch.
***
Vatansiz inson – kuysiz bulbul.
***
Yigit g‘ami elida,
Elning g‘ami dilida.
***
Ona yurting – oltin beshiging.
***
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
***
Fil tushida Hindistonni ko‘rar.
***
O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.
***
O‘z yurtingni qadri
O‘zga yurtda bilinar.
***
O‘z yurting – o‘lan to‘shaging,
O‘zga yurt bo‘lmas beshiging.
***
Har gulning o‘z isi bor,
Har elning o‘z tusi bor.
***
Har shaharning havosi boshqa.