31-bet. 2-topshiriq. Oʻqing. Tinglang. Savollarga javob bering, matn mavzusiga mos sarlavha qoʻying.

Bugun bizda yangi fanlardan “Tarbiya” darsi boʻldi. Bu darsda bizga ustozimiz qiziq rivoyat aytib berdilar. Bu rivoyat hammamizga yoqdi. Juda qadim zamonda ikki podshoh yashagan ekan. Ularning biri urishqoq, ikkinchisi esa tinchliksevar boʻlgan ekan. Urishqoq podshoh urushish maqsadida qoʻshnisidan avval uni otini, keyin qilichini soʻrabdi. Tinchliksevar podshoh soʻralgan narsalarning hammasini beribdi. Qoʻshnisi yana bahona qidiribdi. Endi u safar u rad javobini olibdi. Bir parcha yer ham Vatanning bir boʻlagidir. Vatan muqaddas boʻlib, uning bir qarich yeri ham hech kimga berilmaydi. Bu fan bizga juda yoqdi. Oʻqituvchimiz juda koʻp qiziqarli narsalar haqida gapirib berdilar. Koʻp narsa oʻrgandik. Uyga borib, darsda olgan bilimlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Savollar:

1. “Tarbiya” fani qanday fan?
2. Tinchliksevar podshoh nima uchun qoʻshni podshohga hamma soʻragan narsasini beribdi?
3. U tashlandiq yerni nima uchun bermabdi?

Пожалуйста, вот на эти вопросы ответьте.

Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.