4-mashq. Antonim so'zlarni aniqlang. Ularni o'zi bog'langan so'zlar bilan birga namunadagidek ko'chiring.
Namuna: Shirin yolg'on - achchiq haqiqat. 1. To'g'ri til tosh yorar, egri til bosh yorar.
2. Yaxshi so'z - jon ozig'i, yomon so'z - bosh qozig'i.
3. Do'st achitib gapirar, dushman kuldirib.
4. Yaxshilik nur keltirar, yomonlik zulmat.
5. Erta ekkan xirmon qilur, kech ekkan armon qilur.
6. Eski yilning hisobi - yangi yilning kitobi.
7. Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og'izdan chiqadi.
8. Yaxshi bola nom keltirar, yomon bola g'am keltirar.
9. Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda bo'l.
10. Tejab yegan darmonda, tejamagan - armonda.
Answers & Comments
1. Tõgri til – egri til
2. Yaxshi sõz – yomon sõz
3. Dõst achitib – dushman kuldirib
4. Yaxshilik nur – yomonlik zulmat
5. Erta – kech, xirmon – armon
6. Eski – yangi
7. Yaxshi gap – yomon gap
8. Yaxshi bola – yomon bola, nom – ğam
9. Kattaga – kichikka (hurmat – izzat = sinonim)
10. Darmonda – armonda