. . 6-mashq. Matnni o'qing. Bog'lovchilarni topib yozing.
Oy olami Oy qandayligini bilasizmi? Oy juda ajoyib, biroq kimsasiz olam. U behisob chuqurlar va toshlardan iborat. Oy zamini xuddi darz ketganga o'xshaydi. Oyda hamma narsa - gavdamiz ham, ustimizdagi skafandr ham Yerdagiga qaraganda 6 marta yengil boʻladi. Chunki Oy Yerdan bir necha marta kichik. Uning tortishish kuchi ham kam. Oyda havo yo'qligi sababli osmon kunduzi ham, tunda ham qop-qora ko'rinadi. Qop-qora osmonda kunduzi Quyosh ham, yulduzlar ham porlab turadi. Ular orasida Yer ham bor. Yerning diametri Oyga nisbatan 4 marta katta bo'lib, Oy osmonda goh yarim oy shaklida, goh doira shaklida ko'rinadi. Oyda havo yo'qligi sabab Quyosh juda qattiq qizdiradi, tunda esa sovuq juda qattiq boʻladi. Yana shunisi qiziqki, havo yo'qligi tufayli Oyda Yerdagidek gaplashib bo'lmaydi. Axir, ovoz havo orqali uzatiladi-da?!
Answers & Comments
Ответ:
ham biroq goh goh ham orqali sabab.esa Yana savabli