7-mashq. Matnni o‘qing. Buyruq-istak maylidagi fe'llarni aniqlab,
ifodalanishi va ma'nolarini tushuntiring.
Olim, fozil, dono kishilar bilan kengashib ish koʻring. No-
don odamlar bilan do'st tutinmang. Bilmagan narsangizni „bil-
mayman“ deyishdan uyalmang. Kerak boʻlgan ilm yoki hunarni
tortinmasdan oʻrganing. Oʻzingizga istagan yaxshilikni boshqa-
larga ham tilang. Oʻzgalarning aybini ko‘rgan vaqtingizda oʻz
aybingizni ham tushuning. Hech kimni beobro' etmang.
Д