9- mashq. Qavs ichida berilgan fe'llarni birlik va koʻplik shaklidagi
II shaxs buyruq-istak maylida yozing.
1. Doʻstlaringga, yaqinlaringga hamisha (e'tiborli boʻlmoq).
2. Hech kimning ko'ngliga (ozor bermoq). 3. Oʻzingni, kiyim-
laringni, uy-joyingni orasta (saqlamoq). 4. Ekilgan ko‘chatlarga
oʻz vaqtida suv (quymoq), yaxshilab (parvarish qilmoq). 5. Yo'l-
da yurganingda, bekatda turganingda keraksiz qog'ozlarni atrofga
(tashlamoq). 6. Koʻcha harakati qoidalariga doimo (rioya qilmoq).
Answers & Comments
Javob:
1. Do'stlaringga, yaqinlaringga hamisha e'tiborli bo'l.
(Do'stlaringizga, yaqinlaringizga hamisha e'tiborli bo'ling.)
2. Hech kimning ko'ngliga ozor berma(bermang).
3. Oʻzingni, kiyimlaringni, uy-joyingni orasta saqla.
( Oʻzingizni, kiyimlaringizni, uy-joyingizni orasta saqlang.)
4. Ekilgan ko‘chatlarga oʻz vaqtida suv quy(quying), yaxshilab parvarish qil(qiling).
5. Yo'lda yurganingda, bekatda turganingda keraksiz qog'ozlarni atrofga tashlama.
(Yo'lda yurganingizda, bekatda turganingizda keraksiz qog'ozlarni atrofga tashlamang.)
6. Koʻcha harakati qoidalariga ddoimo rioya qil(qiling).
Javobda qavs ichida yozilgan gaplar bu ko'plik shaklidir.