aq? 2- topshiriq. Oʻqing. Soʻzlang. Savollar tuzing. BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi Navro‘zi olam kirgan kuni, ikkinchisi bug'doyga birinchi oʻroq tushganda. Navro‘zning birinchi kuni erta tongda turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh- urugʻlari, keyin yor-u birodarlaridan xabar olar ekan. Ular bilan suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekan. Keyin to qosh qorayguncha qoʻsh qoʻshishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekishar ekan... Hol-ahvol soʻraganlarga: „Hozir dam olmoqdaman“, deb ja- vob berar ekan. Boshoqqa birinchi oʻroq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib, oʻroqni olib, kechgacha bug'doy oʻrar ekan. Olimni koʻrganlar: „Hormang“ deyishsa: „Dam olib, rizqimni teryapman”, deb javob berar ekan. Qarang-a, ulug' alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba oʻtkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib, azondan to kech- gacha qoʻsh qoʻshib, shudgor qilishni, bug'doy oʻrishni oʻzi uchun dam olish deb bilar ekan. Ha, Beruniy bobomiz: „Bir daqiqa vaqtni behuda oʻtkazganim halok boʻlganim“, der ekan. g - составьте 5-6 вопросов
Answers & Comments
Объяснение: