Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.
Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda
Answers & Comments
Ответ: