Berilgan diologik nutq asosida ilmiy matn yarating XARIDORNI KUTIB OLISH HAM SAN’AT
– Endiii... ba’zi injiq, ziqna, ezma xaridorlar odamni qonini so‘rvo- radi-da.
– Ikkinchi og‘zingdan bunday gap chiqmasin! Xaridorning injiqligi malol keladigan yuragi tor odam bo‘lsang, savdoni yig‘ishtirib, boshqa hunar qil. Xaridor injiq bo‘ladimi, g‘alchami, bechoraholmi, boyvachchalardan- mi – barini iliq kutib ol, shirin muomala qil. Do‘koningga kirgan xaridor o‘zini xo‘jayindek erkin his etsin. Magazin muzey emas. Xaridor istagan narsasini istagancha tekshirib olsin. Sen uning xizmatida bo‘l, ammo shilqimlik qilib, mol olishga zo‘rlama. Zo‘rlasang, „Moli o‘tmayotgandirki, qistayapti olgani“ deb shubha tug‘iladi xaridorda. Ba’zi tortinchoq odamlar buyumga yaqinlashgani andisha qiladi, uzoqdan ko‘zdan kechiradi, narxini so‘rashga ham botinolmaydi, „So‘rasam-da, olmasam, sotuvchining jahli chiqadi“, deb cho‘chiydi. Binobarin, magazinga kirgan odamning oldiga darrov yugurib borma „Nima kerak?“ deb. Ha, hurkitvorma, o‘ziga tashlab qo‘y, aylansin, mollarni obdan ko‘zdan kechirsin, bittasini oldida to‘xtab senga qarasa, ana innaykeyin oldiga bor, butun vujudingni quloq qilib gapini eshit.
Bajarish tartibi:
1) sarlavhaga ilmiy shakl bering;
2) muhim jihatlarini aniqlang, dalillarni ajrating;
3) almashtirilishi zarur, tushirib qoldirish lozim bo‘lgan so‘zlarni bel-
gilang;
4) tasvirlar ekansiz, voqeani baholang, biroq hissiy munosabatingizni
bayon etmang.
2-mashq. Quyidagi soʻz birikmalarini oʻqing, kelishik
qoʻshimchalari qatnashgan soʻz birikmalarini daftaringizga yozing.
​гг​
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.