Bir ovchi to'r qo'yib, qarg'a, chug'urchuq, kaptar va boshqa har xil qushlarni tutib oldi. To'rga tushgan qushlar hadeb bir-birlariga Sochilgan donga aldanib, qo'lga tushdik Endi qanday qilib qutulish yo'lini o'ylaylik. der edilar. So'ng ular o'zaro tillashib: Kelinglar, hammamiz baravar qanot qoqib uchib ko'raylik.Ehtimol, to'rni ko'tarib, qutulib ketarmiz, deyishdi Darhaqiqat, qushlar baravariga qanot qoqib, to'rdan qutulib, uchib ketishdi.


Ovchi qarasa, qushlar to'rdan xalos bo'lib uchib ketishyapti U qushlarning ortidan quvib ketibdi. Ovchi chopib ketayotib To'rga tushgan qushlar har xil-ku! Ular, albatta, janjallashib qolishadi Janjallashdimi tez ucha olishmaydi, to'r ularni pastga tortadi", deb o'ylabdi. Xuddi shunday bo'libdi ham.


Qarg'alar qag'illashib Hech kim bizdek harakat qilmayaptı Sizlar sekin harakat qilyapsizlar, deyishibdi. Qarg'alarning so'zini eshitgan kaptarlarning jahli chiqib Bas endi, qarg'alar! Maqtanchoqlikni qo'yinglar! Biz sizdan kam harakat qilmayapmiz! - deyishibdi. Janjalga boshqa qushlar ham aralashibdilar


Do'stlik buzilgach, ish yaxshi yurishmabdi. Qushlar janjallashganları uchun arang qanot qoqishardi. Shunday qilib ular pastlay boshlashibdi va oxir-oqibat to'rga o'ralib yerga qaytib tushishibdi.


Savol va topshiriqlar: 1. Qushlar qanday qilib ovchining toʻridan qutulmoqchi bo'lishdi? 2. Ularga nima xalal berdi? 3 Bu voqea boshqacha tugashi ham mumkin edimi? 4. O'z fikringizni yozing, bunda agar, chunki, shuning uchun bogo- lovchilaridan foydalaning.​
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.