Bolalar muallimalari bilan birga shahar aylangani
chiqishdi. Katta-katta imoratlar, favvoralar, turli-tuman
do‘konlarni tomosha qilishdi. Bitta ajib imorat oldida ular
ancha to‘xtab qolishdi. Bino milliy naqshlar bilan bezatilgan.
Uni bir necha baquvvat, naqshinkor ustunlar ko‘tarib turardi.
Bolalar imorat atrofini gir aylanib chiqishdi. Uning ustunlari
anchagina ekan.
128
— Ustoz, — so‘rab qoldi bolalardan biri, — bitta ustuni
kam bo‘lsa bo‘lmaydimi?
— Bo‘lmaydi, chunki har bir ustunning o‘z vazifasi bor.
Shu payt Nilufar ustoziga yaqinroq bordi-da:
— Ustoz, biz ham ustunlarmiz-a? — dedi o‘ylanib. Muallima avvaliga qizchaning nima demoqchi ekanini tushuna olmadi. Keyin xursand bo‘lib ketdi.
— To‘g‘ri aytding, Nilufar. Kelajakda har bittangiz o‘z
oilangizning ustuni, qolaversa, O‘zbekistonimizni yelkasida
ko‘tarib turadigan ustunchalari bo‘lasiz.
Nilufarning gapi boshqa bolalarning fikrlarini ham uyg‘otib
yubordi…
— Mard bolalar O‘zbekistonga ustun bo‘ladi-a, ustoz?
— Albatta!
— Mardlar Vatanni qo‘riqlaydi-a?
— Albatta!
— Nozima ham ustun bo‘ladimi?
— Ha.
— Aziz-chi?
— U ham.
— Voy-bu, unda ustunlar rosa ko‘p bo‘larkan-da?
— Vatanimizning ustunlari ko‘p bo‘ladi, yuzlab, minglab,
millionlab. Ular bir qudratli kuch bo‘lib, O‘zbekistonni e’zozlab
qo‘llarida ko‘tarishadi. Uni asrashadi, avaylashadi. Obro‘si va
sharafini himoya qilishadi.
составить вопросы к тексту срочно
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.