Katta Chimyon togʻi - Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasining tarkibiga kiruvchi ulkan gumbazsimon massiv. Eng baland joyi — Katta Chimyon choʻqqisi (3309 m). Chimyonsoy vodiysini janubidan oʻrab turadi. Paleozoy orogenetik jarayonida burmalanib granit, granodiorit, diorit, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit, siyenitli diorit, gabbro kabi intruziv jinslar va ohaktosh hamda qumtoshlardan tuzilgan. Relyefi kuchli darajada parchalangan. Yon bagʻirlar qiyaligi oʻrtacha 25—35°, baʼzi joylarida 45° va undan ortiq. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon choʻzilgan.
Answers & Comments
Ответ: