Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tug'ilgan.1922-yildan 1931-yilgacha maktabda o'qib, 1931-1934-yillarda qizlar bilim yurtida tahsil olgan.
Zulfiya nafaqat shoira, balki jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi ham hisoblanadi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965), Mehnat Qahramoni (1984) kabi unvonlarga ega bo'lgan barchamizga taniqli va sevimli o'zbek shoirasi va o'zbek ayoli. Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi ham hisoblanadi. Xotin-qizlar pedagogik bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (qarang "Saodat") jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
Uning ilk sheʼri 1931 yilda "Ishchi" gazetasida bosib chiqarilgan. Dastlab 1932 yil "Hayot varaqalari" sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. So'ng uning "Temiroy" (1934), "Sheʼrlar", "Qizlar qoʻshigʻi" (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiya sheʼriy ijodining porlashi "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) toʻplamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodalaydigan she'rlar yoza boshlagan.
Answers & Comments
Ответ:

Объяснение: