Shoh va shoir, qomusiy olim, mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-adabiy, tarixiy merosini o’rganish hamda o’sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish ulkan mahnaviy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki, biz kimlarning avlodi ekanimizni anglash yoshlarda g’urur va istiqloldan faxrlanish tuyg’usini uyg’otadi. Qolaversa, Bobur va u qoldirgan meros nafaqat uning vatandoshlarini, balki dunyo ahlining ehtiborini o’ziga jalb etmoqda. Bu hol esa, bizni, shubhasiz, quvontiradi.
Ushbu tarixiy asar amerikalik sharqshunos, Zahiriddin Muhammad Bobur muhlisi Harol’d Lamb qalamiga mansub. Bu asar shu mavzuda yozilgan kitoblar orasida alohida o’rin tutadi. Asarni yaratish uchun muallif juda ko’p izlanishlar olib borgan, ko’plab mahlumotlarni o’zaro qiyoslab ularga xolisona yondashgan, to’g’ri xulosalar chiqargan, “Boburnoma”ning yo’qolgan sahifalaridagi mahlumotlarni o’sha davrda yozilgan asarlar asosida to’ldirishga harakat qilgan va o’z mulohazalarini ravon hamda qiziqarli uslubda bayon qilishga muyassar bo’lgan. Asar juz’iy qisqartirishlar bilan chop etilgan.
2. Paulo Koel’o – Alkimyogar.
“Odamzodning bu dunyodagi yakka-yu yagona, oliy vazifasi – o’z Taqdirini ro’yobga chiqarishga erishishdir...
Barcha odamlar yoshlik paytlarida O’z Taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o’tishi bilan sirli bir kuch ularni O’z Taqdirlarini ro’yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.
Bu sirli qudrat inson zotiga g’animday tuyuladi, aslida esa o’z taqdirini qanday ro’yobga chiqarish Yo’lini xuddi ana shu qudrat ko’rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o’sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo’ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan”.
“Alkimyogar” romani zamiridagi ushbu hikmat o’tmishda o’tgan yoxud rivoyat qahramoni bo’lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o’tilajak Yo’ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o’qilayotgani ham, Paulo Koel’oning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir.
“Alkimyogar” haqida gapirganda Richard Baxning “Jonatan ismli chag’alay”, “Tasavvurlar” yoki Ekzyuperining “Kichik shahzoda” singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo’q. Ammo “Alkimyogar” ularning hech biriga o’xshamaydi.
Qo’lingizdagi kitob XIV – XVIII asrlarda yozilgan tibbiy asarlardan namuna sifatida o’sha davr tabobati haqidagi tasavvur uyg’otadi. Sharqda, jumladan, O’rta Osiyoda ko’p asrlar davomida foydalanib kelingan shifobaxsh o’simliklar, parhez taomlar va boshqa dorivor moddalarning ayrimlariga shu soha bilan qiziquvchi mutaxassislarimiz diqqatini jalb qilishda yordam beradi degan umiddamiz.
4. Aytmatov Chingiz Torekulovich – Qiyomat.
Buyuk qirg’iz adibi, davlat va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va olijanoblik, yaxshilik va to’g’rilikning, adolat va haqgo’ylikning qiyomat-qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va imon muammolarini aks ettirish orqali ko’rsatilgan.
Answers & Comments
Ответ:
Buyuk boburiylarning birinchisi.

3. Shahobiy, Yusufiy, Davoiy, Hasrat – Tabobat ummonidan tomchilar