Kitob – xazinalar kaliti

Bir kishining uchta o‘g‘li bor ekan. U topgan-tutganlarini

ularga taqsimlab bermoqchi bo‘lib, shunday debdi:

— Sizlarga bir hovuch tilla, suruvdagi qo‘y-u qo‘zilar va bir

dasta kitob qoldirmoqchiman. Kim nimani tanlaydi?

Katta o‘g‘il o‘zini tillaga uribdi. O‘rtanchasi qo‘y-u qo‘zilarni

olibdi. Kichik o‘g‘ilga kitoblar qolibdi. Katta o‘g‘il boyligini

ko‘paytirish uchun oltinlarini bir savdogarga beribdi. O‘rtancha

aka qo‘y-u qo‘zilarini ko‘paytirishni o‘ylabdi.

Akalari „Kitobdan ne foyda?“ – deb ukalarining ustidan

kulishibdi. Kenja o‘g‘il esa hamma kitobni o‘qib chiqibdi. Kattaakalari kundan-kunga boyib ketaverishibdi. Shu orada yurtni

yov bosibdi. Katta aka oltinlarini berishdan bosh tortgan

ekan, darg‘azab bo‘lgan podsho uning oltinlarini tortib olibdi.

O‘zini zindonga tashlatibdi. Kichik akasi qo‘y-u qo‘zilari bilan

lashkarlarni boqishga majbur bo‘libdi. Kichik o‘g‘il: „Mening shu

kitoblardan boshqa boyligim yo‘q!“ – debdi. Podsho uni dorga

osishni buyuribdi. Shunda vazir: „Bu bolada bir gap bor“, –

debdi-da, o‘rtaga tushib bola bilan savol-javob qilibdi. U barcha

savollarga aniq javob beribdi. Shunda vazir podshoga:

— Bu ko‘p kitob o‘qigan donishmand bola ekan. Agar uni

o‘ldirsangiz, la’natga qolasiz, — debdi.

Podsho uni qo‘l ostidagi hududlardan biriga boshliq etib

tayinlabdi. Yigit kitoblardan olgan bilimi bilan ish tutib, yurtda

adolat o‘rnatibdi.

(M. Murodov)

Matn yuzasidan savollar:
1. Ota o'g'illariga nimani taqsimlab bermoqchi bo'ldi?
2. O'g'illar qanday ish tutishdi?
3. Podsho aka-ukalaga nisbaan qanday yo'l tutdi?
4. Vazir podshoga nima dedi?
5. Ayting-ch, akalar to'g'ri yo'lni tanlashdimi?​
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.