Mashq. Sharq tabobatiga oid quyidagi matnni o‘qing, gaplardagi bog‘lovchilarni toping.
Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. «Yajur -veda» («Hayot haqidagi fan») dorivor o‘simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir. Tibet tibbiyoti hind tibbiyoti yordamida rivojlandi. Mashhur «Djud-shi» («Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil etadi. Xitoy tibbiyotining asoschisi bundan 3 ming yil oldin xoqonlik qilgan Shen Nung hisoblanadi. Uning kitobida o‘simliklarning sinonim nomlari, botanik ta’rifi, dori-darmonning ta’sir doirasi, qo‘llanishi ва retseptlar ro‘yxati keltirilgan.
Sharqning mashhur olimlari Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Mansur Buxoriylar ham tibbiyot fani rivojiga katta hissa qo‘shdilar.
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.