Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini oʻzgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. M. kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi.
Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. M. odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. M. tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. M. jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.
Jamiyat taraqqiy etishi bilan M. taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, M.ning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega boʻladi. M.dagi ixtisosla-shuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari oʻzgartiriladi. M. taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajgia ekanligini ifodalaydi
Answers & Comments
Ответ: