Xalqimizda mehnatdan kelsa boylik turmush bo‘lar chiroylik degan ajoyib maqol bor. Albatta mehnat kishini ulug‘laydi. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aqil, fahmu farosat bo‘lishi kerak. Demak mehnatimiz halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan. Halol mehnat kishini ulug‘laydi va jannat tamon yetaklaydi. Shunday ekan kelajagimiz bo‘lmish jondan aziz farzandlarimizga halol kasb hunar o‘rgatib, hech qachon o‘zgalarning xaqqiga ko‘z tikmaydigan, vatani, xalqi, dini uchun jon fido qiladigan ruhda tarbiya qilmog‘imiz lozim. Halol mehnati bilan pul topib, oila tebratgan, ota-otasini muborak xaj safariga yuborayotgan farzandlarning son-sanog‘i yo‘q. O‘zbekistondek jannat makon yurtning farzandi bo‘lishdek baxtni teran anglagan holda, shunday yurtning qadriga yetib yashash xammamizga nasib etsin. Omin.
Answers & Comments