Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joy-
larda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib
ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib
o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmangXushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki
birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni
ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan
kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga
aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing.
„Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechi-
rasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon,
uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi
bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
(Donolar bisotidan)
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab
bering.
2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima
deya olasiz?
3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring.