Oilada shirin-shirin orzular og'ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O'g'ildir, qizdir alloh bergan ulug' ne'matdir. Qiz bola ulg'ayar ekan uning ilk o'ynaydigan o'yinchog'i, ovunchog'i — qo'g'irchoqdir. Bolalar birga o'ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o'yinchoqlar esa farzandlari bo'lib o'ynashadi. Balkim, shundandir, oila to'g'risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O'zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi Haqiqatdan ham, boshqa xalq turmush tarzini kuzatar ekanmiz, bizdagi oilaga bo'lgan mehr-muhabbat, fidoyilik, oilaning muqaddasligini his qilish, farzand tarbiyasiga bo'lgan munosabat, oilalardagi totuvlik, sabr-toqat, qanoatlilik, insof-diyonat kabi ijobiy fazilatlar faqatgina o'zbek xalqiga, o'zbek oilalariga mosdek tuyuladi kishiga.
Oilani bir ulkan daraxtga o'xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir. Shunday daraxtning shoxlari ham sog'lom va ko'rkam bo'ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog'lom tana va ildizdan albatta sog'lom shaxslar, yani sog'lom farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan ota-ona inoq, tarbiyali, bir-birini hurmat qiladigan, bir-birini tushunadigan bo'lsa, bunday oilada oqila qizlar va yetuk yigitlar voyaga yetadi.oila bu dunyodagi eng go’zal bir shirin bir tuyg’u ekan.Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi
Answers & Comments
Ответ: