1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli chet ellerda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordiOna tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.
Answers & Comments
Ответ:
ona tilim
Объяснение: