Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar esa ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz. Qor yog‘masa, qish faslining qizig‘i ham yo‘qday go‘yo. Allaqachon chana, chang‘i va konkilarni tayyor qilib qo‘yganmiz. Qordan esa hamon darak yo'q.Boshqa davlatlarda bolalar maza qilib chana uchishyapti. Nega bizda qor kam yog‘ar ekan-a?
Hammasi oddiy. Janubga yaqin o‘lkalarning havosi ham issiqroq bo‘ladi. Qor — bu suv tomchilarining yaxlagan holati hisoblanadi. Suv bug‘i osmonda sovuq havo oqibatida muzlaydi va mayda muz parchalariga aylanadi. Keyin esa muz parchalari pastga ya’ni yergatushayotganda shaklini o‘zgartirib, qor parchalariga aylanadi.
Answers & Comments
Ответ: