Otaning shifobaxsh qo’lida qaldirg’och hayotga qaytdi. Bundan bobo va nevara zavq olishardi.
– Endi uchirib yubora qol, bolam, – dedi bobo. – Uning ham oyisi bordir, kutayotgandir, balki. Mayli, endi u yor-u birodar-larining oldiga borsin.
Bu gap Alisherga xush kelmadi. Axir u qaldirg’ochga juda o’rganib qolgan, lekin boboning gapi uni o’ylantirdi.
– Odamda ham qanot bo’lishi mumkinmi? – so’radi Alisher. Bobo kuldi. Ular katta bog’ga chiqishdi. Boboning gaplaridan
sevingan Alisher qo’llarini – panjalarini qanday ochib yuborganini o’zi ham sezmay qoldi. Qaldirg’och o’rik shoxlari orasidan o’tib, to’g’ri quyosh tomon uchdi.
Answers & Comments
Ответ:

Объяснение: