July 2023 1 5 Report
SHAHAR BO'YLAB SAYOHAT

O'qituvchimiz bizni Toshkentga sayohatga olib bordilar. Vatanimiz poytaxti katta va go'zal shahar ekan. Sayohati- miz Mustaqillik maydonidan boshlandi. Keng va ko'rkam bu maydonda Ezgulik arkasini, Baxtiyor ona" haykalini ko'rdik. Bu yerdan Amir Temur xiyoboni tomon sayr qildik. Buyuk sarkarda bobomizga o'matilgan haykal oldida rasm- ga tushdik. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi va Toshkent kurantlarini tomosha qildik. Keyin metroga tushdik. Metro bekatlarining go'zal naqshlari bizni hayratda qoldirdi. So'ngra O'zbekiston milliy bog'ini tomosha qildik. Bu yerda ulug' bobomiz Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo'ydik. Poytaxtimizning Eski shahar qismidagi Sirk binosi. Hazrati Imom masjidi hamda Baroqxon va Ko'kaldosh madrasasi bizda katta taassurot qoldirdi. Ha. Toshkent juda go'zal va zamonaviy shahar. Biz poytaxtimiz bilan faxrlanamiz. Sayohatdan katta taassurot bilan qaytdik.
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.