O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo'qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.
Answers & Comments
Ответ:

Объяснение: