xikmatovaasila
Ответ:So’z ko’rki- maqol Maqol – xalq og’zaki ijodining juda ixcham, shu bilan birga, sermazmun, eng ta’sirchan bir shaklidir. Maqol xalqning aqli va tajribasining yakuni, xalq donishmandligining mahsulidir. “So’z ko’rki- maqol”, - deydi xalqimiz. Buni qarangki, xalq maqolning ahamiyatini ham maqol bilan ta’riflab beribdi. Maqol – nutqning qaymog’I, suhbatning mag’izi, katta- kichik davralarda, yig’inlarda aytiladigan gaplarning boli. G’oyaviy mazmunga ko’ra maqollar juda xilma – xil, rang- barangdir. Xalq maqollarida ko’p qirrali hayotning barcha sohalari qamrab olingan. Vatan haqidagi xalq maqollarida Vatanga sodiq bo’lish g’oyalari juda ixcham, ser mazmun, ohangdor bir shaklda gavdalantirilgan. Xalq maqollarida mehnat moddiy va ma’naviy boylikning asosi, insonning ko’rki, ziynati sifatida tasvirlanadi
Answers & Comments
Maqol – xalq og’zaki ijodining juda ixcham, shu bilan birga, sermazmun, eng ta’sirchan bir shaklidir. Maqol xalqning aqli va tajribasining yakuni, xalq donishmandligining mahsulidir.
“So’z ko’rki- maqol”, - deydi xalqimiz. Buni qarangki, xalq maqolning ahamiyatini ham maqol bilan ta’riflab beribdi.
Maqol – nutqning qaymog’I, suhbatning mag’izi, katta- kichik davralarda, yig’inlarda aytiladigan gaplarning boli.
G’oyaviy mazmunga ko’ra maqollar juda xilma – xil, rang- barangdir. Xalq maqollarida ko’p qirrali hayotning barcha sohalari qamrab olingan. Vatan haqidagi xalq maqollarida Vatanga sodiq bo’lish g’oyalari juda ixcham, ser mazmun, ohangdor bir shaklda gavdalantirilgan.
Xalq maqollarida mehnat moddiy va ma’naviy boylikning asosi, insonning ko’rki, ziynati sifatida tasvirlanadi