Uyga vazifa 165-mashq. Matndagi gaplarda ishtirok etgan uyushiq boʻlaklar va umumlashtiruvchi so'zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo'ying. 1. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko'riladirgan oʻz- garishlarni... hollarni... harakatlarni... barchasini birma-bir ko'nglidan kechirar edi. 2. Otabekdagi sukut... xayol... fikr kabi holatlarni yulib... yulqib olib, ular o'rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu oʻzgarishlar uning husnini... latofatini bir zarra ham ka- mitmay, balki o'n qayta oshirg'an edilar. 4. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham'larning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin... kumush... ko'k-qi- zil... oq-pushti... sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning shoirlari... o'yinchilari... childirma va dutorchilari ... barchasi ham hozir bo'lib, faqat Kumushbibigina hammomdan qayt- mag'an edi. A.Qodiriy
Answers & Comments
2. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib-yoʻlib olib, ular oʻrniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi.
3. Ammo bu oʻzgarishlar uning husnini, latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o'n qayta oshirg'an edilar.
4. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham'larning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko'k-qizil, oq-pushti, sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar.
5. Majlisning shoirlari, o'yinchilari, chidirma va dutorchilari, barchasi ham hozir bo'lib, faqat Kumushbibigina hammomdan qayt- mag'an edi.