Samarqand deyilganda, qadimiy shaharning bir necha asrlik tarixiy obidalari bilan birga quyoshga mengzangan nonlari ko‘z oldimizga keladi. Bu nonning o‘ziga xos mazasi, ko‘rinishi, sifati necha zamonlarki, barchani hayratlantiradi. Galaosiyo mahallasida istiqomat qiluvchi Orziqul Zohidov bilan suhbatlashib, buning sirini anglagandek bo‘ldik.
Novvoy Orziqul bobo Zohidov ham to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi. Galaosiyo nonining siri unga beriladigan mehr va ko‘p sarflangan mehnatda, deb biladi.
- Avvalo, non tayyorlash uchun toza va ozoda xona kerak, - deydi novvoy. – Xona haroratining 25 daraja issiq bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega. Nonlarimizga bir sutka davomida ishlov beriladi hamda ko‘p kuch sarflanadi. Chunki qattiq qilingan xamir bir soat mushtlanadi. Zuvala qilinib dam olishga qo‘yiladi. Kechki payt qilingan zuvalalar sahar soat 3.00 da yasaladi va yana 4 soat dam beriladi. Galaosiyo nonlariga un, tuz va suvdan boshqa mahsulot qo‘shilmaydi. Misol uchun, boshqa hududlarda nonning ta’mini yaxshilash uchun xamirga yog‘, tuxum, sut kabi mahsulotlar qo‘shiladi. Boshqa novvoylar bir qop unga 100 gramm xamirturush qo‘shsa, biz bir qoshiq qo‘shamiz. Gazda 15-20 daqiqa pishirilgan nonning ayrim joylarida xamirturush bakteriyalari o‘lmay, saqlanib qoladi. Va o‘z jarayonini davom ettiradi. Natijada non tez buziladi. Galaosiyo nonlari berch bo‘lib, yarim soat o‘tin olovda singib pishgani uchun deyarli xamirturush bakteriyalari qolmaydi. Xamirga berilgan bir necha jarayonli ishlov nonning sifatini, shakl-shamoyilining chiroyli chiqishini ta’minlaydi.
Answers & Comments
Samarqand nonlari: Bugun ularga talab qanday?