Vatanga bo'lgan muhabbatingiz haqida „Esse“ yozing. Помогите пожалуйста выполнить задание на узбекском языке. Спасибо.
Answers & Comments
charosbonuakramova
Bu dunyoda o‘z yurtini, kindik qoni tomgan otamakonini sevmaydigan, Vatandan uzoqlarga ketganida uni intiqib sog‘inmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Inson qalbidagi sadoqat, fidoyilik tuyg‘ulari ham o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatdan paydo bo‘ladi. Dunyodagi eng go‘zal bino va inshootlar ham ana shunday muhabbat qudratidan paydo bo‘lgan va ular Vatanga sadoqat va fidoiylik timsoli sifatida mangu qad rostlab turaveradi. Men bu borada ming yillarni emas ushbu ozod va obod hayotimizni ta’minlab bergan mustaqillik yillarini qalamga olmoqchiman. Ya’ni shoir Vatanga bo‘lgan tuyg‘usini she’rlarida yonib kuylasa, quruvchi yerdan qad rostlab har bir shahar va qishloqqa ko‘cha va xiyobonga, so‘lim oromgohlarga ko‘rk bo‘lib turgan turli bino va inshootlarni yaratadi. Ustoz muallimlar turli kasblarni egallab shu yurtga sadoqat bilan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalaydi, shifokor shunday insonlarning sog‘lig‘ini asraydi va hokazolar… Biz buning isbotiga mustaqillik yillarida guvoh bo‘layapmiz, ko‘rayapmiz, quvonayapmiz. Mustaqillik yillarida tug‘ilgan o‘g‘il-qizlarimiz hozir ayni navqiron yoshda. Shu yurt uchun, ota makon uchun belbog‘lab mehnat qilayaptilar, o‘qiyaptilar, yangi ixtirolar yaratayaptilar, sport shohsupalarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurt sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘layaptilar.
Answers & Comments
Dunyodagi eng go‘zal bino va inshootlar ham ana shunday muhabbat qudratidan paydo bo‘lgan va ular Vatanga sadoqat va fidoiylik timsoli sifatida mangu qad rostlab turaveradi. Men bu borada ming yillarni emas ushbu ozod va obod hayotimizni ta’minlab bergan mustaqillik yillarini qalamga olmoqchiman.
Ya’ni shoir Vatanga bo‘lgan tuyg‘usini she’rlarida yonib kuylasa, quruvchi yerdan qad rostlab har bir shahar va qishloqqa ko‘cha va xiyobonga, so‘lim oromgohlarga ko‘rk bo‘lib turgan turli bino va inshootlarni yaratadi. Ustoz muallimlar turli kasblarni egallab shu yurtga sadoqat bilan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalaydi, shifokor shunday insonlarning sog‘lig‘ini asraydi va hokazolar…
Biz buning isbotiga mustaqillik yillarida guvoh bo‘layapmiz, ko‘rayapmiz, quvonayapmiz. Mustaqillik yillarida tug‘ilgan o‘g‘il-qizlarimiz hozir ayni navqiron yoshda. Shu yurt uchun, ota makon uchun belbog‘lab mehnat qilayaptilar, o‘qiyaptilar, yangi ixtirolar yaratayaptilar, sport shohsupalarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurt sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘layaptilar.