Halima Xudoyberdiyivaning "Dorilomon kunlar keldi ... " she'ri ing asosiy ğoyasi, mavzusi bu insonning qadr-qimmatini kõrsatish, bu dunyoning ne'matlaridan, gõzalligidan bahramand bõlishga chorlab, insonni bu hayotga bõlgan ishtiyoqini yanada oshirishdir.
Answers & Comments
Ответ:
№1
Halima Xudoyberdiyivaning "Dorilomon kunlar keldi ... " she'ri ing asosiy ğoyasi, mavzusi bu insonning qadr-qimmatini kõrsatish, bu dunyoning ne'matlaridan, gõzalligidan bahramand bõlishga chorlab, insonni bu hayotga bõlgan ishtiyoqini yanada oshirishdir.
Объяснение:
DORILOMON KUNLAR KELDI…
✿•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•✿
Onaginam!
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayon boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor,
Olcha gulin koʻzlaringga surtasan behol
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
Soʻlgʻin-soʻlgʻin lablaringdan ucharkan shu soʻz,
Otaginam xzayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib koʻz
Oʻksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabait suyumlidir ham koʻzlari koʻr,
Goh sharobdan, goh ogʻudan qilar bizni mast.
Belginangga tirak boʻlay, onajonim, tur,
Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardogʻli quyoshday issiq va mahvash
Koʻzlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi gʻash,
Qizgʻish, lola rang qoplaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasin xosiyati moʻl,
Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning.
Yashamoq – bir tansiq taom, unga ursang qoʻl,
Borgan sari ochiladir ishtahang saning.
Bogʻlardagi yetilgusi har mevali shox
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
Oʻgʻlonlaring kelar ana, ochishib quchoq,
Oʻgʻlonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
Oʻzing tortma davralardan, el chorlaganda,
“Tiriklikning bayrami”, deb sozlaganda tor.
Oʻzing soʻlgʻin lablar bilan pichirlaganday:
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
✿•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•✿