4- mashq. Nuqtalar oʻrniga zarur bogʻlovchilarni qo‘yib koʻchiring. 1. Yigʻilishga barcha vaqtida keldi,... sen kechikib kelding. 2. Sen oʻrtoqlaringni ... , meni ustozlaringni ... hurmat qilmay qoʻyding. 3. Bolaginam juda odobli,.... biroz sho'xroq, deb erkaladi onasi. 4. Yu- gurish musobaqasiga Ahmad qatnashdi,.... Sardor qatnashmadi. 5. Us- ta ancha keksayib qolgan,..... hali ancha baquvvat. 6. Madrasalar juda qadimiy, ..... hali ham oʻz tarovatini yo'qotmagan. -
Answers & Comments
1. Yigʻilishga barcha vaqtida keldi, ammo sen kechikib kelding.
2. Sen oʻrtoqlaringni ham, meni ham, ustozlaringni ham hurmat qilmay qoʻyding.
3. Bolaginam juda odobli, biroq biroz sho'xroq, deb erkaladi onasi.
4. Yugurish musobaqasiga Ahmad qatnashdi, lekin Sardor qatnashmadi.
5. Usta ancha keksayib qolgan, ammo hali ancha baquvvat.
6. Madrasalar juda qadimiy, biroq hali ham oʻz tarovatini yo'qotmagan.