Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kelib, o‘z-o‘zidan mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib mahoratli artist bo‘ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o‘qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar. Do‘stlik millat, diniy e’tiqod, mansab, boylik, chiroy yosh tanlamaydi, chegara bilmaydi. Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Kishilarning o‘zaro do‘stlashishida ularning xarakteri, qiziqishlari, saviyasi va iqtidori ham muhim o‘rin tutadi. Do‘stni yanada qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.
Answers & Comments
Ответ:

Объяснение: