Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar esa ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz. Qor yog‘masa, qish faslining qizig‘i ham yo‘qday go‘yo. Allaqachon chana, chang‘i va konkilarni tayyor qilib qo‘yganmiz. Qordan esa hamon darak yo‘q. Boshqa davlatlarda bolalar maza qilib chana uchishyapti. Nega bizda qor kam yog‘ar ekan-a?
Hammasi oddiy. Janubga yaqin o‘lkalarning havosi ham issiqroq bo‘ladi. Qor — bu suv tomchilarining yaxlagan holati hisoblanadi. Suv bug‘i osmonda sovuq havo oqibatida muzlaydi va mayda muz parchalariga aylanadi. Keyin esa muz parchalari pastga ya’ni yerga tushayotganda shaklini o‘zgartirib, qor parchalariga aylanadi. Qanchalik sovuq bo‘lsa qor parchasining hajmi ham kichrayib boradi. Qor parchalari bir biriga aslo o‘xshamaydi.
Agar ob-havo iliq bo‘lsa, qor o‘rniga yomg‘ir yog‘adi.
Bizning O‘zbekistonimiz janubga yaqin bo‘lgani uchun qish fasli qisqa bo‘ladi. Qor ham kamroq yog‘adi.
Shimoliy davlatlar qatorida turadigan Norvegiyada qor kuz faslidan boshlab bahorgacha yog‘ishi mumkin. Ko‘chalarda kuchuklar kishilarni chanada tortib ketayotganini uchratishingiz mumkin. Afrika davlatida esa qish bu iyun, iyul va avgust oylariga to‘g‘ri kelar ekan, yoz fasli bo‘lsa dekabr, yanvar, fevral oylari hisoblanadi. Bu yerda yil bo‘yi quyosh porlab turadi. Hech qanday sovuq bo‘lmaydi. Afrika xalqi qorni faqatgina muzlatgichlarda ko‘rishlari mumkin
Answers & Comments
Ответ:

Объяснение: