ЭТО ОЧЕЕЕЕНЬ СРОЧНО ПОЖАЛУЙСТА ПОМОГИТЕ!!!!!!!
1) Shukur Sa'dullaning hayoti va ijodini o'qib o'rganing.
2) "To'rt fasl" she'rini yod olishga harakat qiling.
3) Matn va she'rdagi fe'l nisbatlarini aniqlang.

ВОТ ТЕКСТ И СТИХ ВЫПИШИТЕ ПОЖАЛУЙСТА ГЛАГОЛЫ ИЗ НИХ:
Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tugildi. U 7 yoshga to‘lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so‘ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o‘qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.
Sh. Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda „Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to‘plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O‘n bir she’r va bir kichik poemani o‘z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to‘g‘risida kengash bo‘lib o‘tadi. Kengash Sh. Sa’dullaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Unda quvnoq bolajonlaming baxtiyor hayotini ifodalash tuyg‘usi kuchayadi.
Toshkent va Buxoro o‘quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Joialar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O‘zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti boiimiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.
1950-yilda Sh. Sa’dulla I. Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S. Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o‘zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh. Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G. X. Andersen, rus yozuvchisi N. A. Nekrasovning asarlarini, L. Tolstoy va B. Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M. Kvitko, A. Barto, M. Mirshakar, O. Bedyorov, M. Fayzulina she’rlami, V. Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B. Gorbatovning „Bo‘ysunmaganlar“ (1953), V. Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o‘rtoqlari“ (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan.

А ВОТ СТИХ:

Shukur Sa'dulla

To'rt fasl

Milt etib chiqdi quyosh,

Dedi:-Do'stlar qish odosh.

Ko'rsak, yo'q qora bulut,

Yer yuzi ko'k gilam-o't.

Keldi ko'klam kabi soz,

Bizlar sevgan issiq yoz.

Ekin o'sdi yerlarda,

Bug'doy pishdi qirlarda...

Poliz to'la bodring,

Bog'bon, tez uzib bering!

-Sabr qiling siz andak,

So'yib beray handalak.

Quyosh tushar taftidan,

Qo'rqib qishning aftidan.

Sarg'ayadi ko'katlar,

Barg to'kadi daraxtlar.

Hosil yig'ib olinar,

Qishga zamin solinar.

Dala-dashtda tindi ish,

Keldi mehmon bo'lib qish.

Qish emas, u – qorbobo,

Sovg'alari bor bobo...

Xuddi yozday, bahorday –

Iliq, kuzgi nahorday.

Qor yog'ar, kecha-kunduz,

Suv sovuq qotib kiygan muz.
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.