SAVOLLARGA JAVOB BERING.
Insonning Vatani qayerda bo‘ladi?
Vatanparvarlik deganda nimani tushunasiz?
Vatanga sadoqat nimalarda aks etadi?
Berilgan matnlarni o‘qing. Vatanparvarlik tushunchasini To‘maris, Shiroq, Spitamen qahramonlari timsolida ifodalang.
TO‘MARIS
Eng qadimgi zamonlarda Araks (Amudaryo) yoqalarida boshqa qabilalar qatori massagetlar ham yashar edi. Ularga marhum podshoning bevasi - malika To‘maris boshchilik qilar edi. Tabiati go‘zal bu yurtga va uning xalqiga egalik qilmoqchi bo‘lgan Eron shohi Kir (Kayxusrav) malika To‘marisga uylanmoqchi bo‘ladi. To‘maris uning asl maqsadini fahmlab, taklifni rad etadi. Kir esa massagetlar yurtiga qo‘shin tortib keladi. Malika To‘maris uni mudhish niyatidan qaytarishga urinadi. Kirning o‘z fikridan qaytmasligini bilgan To‘maris uning o‘z qo‘shinlari bilan daryodan massagetlar yurtiga o‘tishiga imkon beradi.
To‘maris o‘z yurtdoshlari bilan daryodan uch kunlik yo‘lga borib turadi. Kirning qo‘shini massagetlar yurtiga o‘tib olgach, urush tadbirlarini ko‘radi. Kir hiyla ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparganisni yigitlari bilan asir qilib oladi. Hiyla bilan asir tushganligini fahmlagan Sparganis uyatdan o‘limni afzal ko‘rib, o‘zini o‘ldiradi. Bu voqeadan xabar topgan To‘maris Kirning qo‘shini bilan urushga chiqadi.
Malika To‘maris bosqinchi Kirga qarshi jangga borar ekan: “Sening qonga tashnaligingni qondiraman”, deb ont ichadi. Malika To‘maris qo‘shini bilan Kir jangchilari o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv bo‘ladi. Jangda o‘z yurti, o‘z ozodligi uchun o‘limdan ham qaytmaydigan massagetlar g‘olib chiqadi. Eron shohi Kir o‘ldiriladi. Uning jangchilari qurol-aslahalarini tashlab qochadilar. O‘z qasamiga sodiq malika To‘maris esa ayovsiz jangda o‘ldirilgan bosqinchi Kirning boshini kestirib, qon bilan to‘ldirilgan meshga soldiradi. O‘z yurtini, xalqini sevgan, uning ozodligi uchun erkaklar kabi janglarda qatnashgan malika To‘marisdek mard xotin-qizlar bu yurtda ko‘plab o‘tishgan. Shuning uchun ham xalq ularning qahramonliklari haqida qo‘shiqlar, dostonlar, rivoyatlar to‘qigan.
Please enter comments
Please enter your name.
Please enter the correct email address.
You must agree before submitting.

Answers & Comments


Copyright © 2024 SCHOLAR.TIPS - All rights reserved.